Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Litvaga qarshi maydonga tushib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Roberto Manchini jamoasi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 37taga yetkazib, milliy va jahon rekordini yangiladi.
Italiya termasining avvalgi rekordi 1935-1939 yillar oralig‘ida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda Vittorio Posso qo‘lostidagi jamoasi 30ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan edi.
Jahon rekordi esa bungacha 2ta terma jamoaga tegishli edi. Braziliya 1993-1996 yillarda, Ispaniya esa 2007-2009 yillar davomida 35ta uchrashuvda yutqazmagan edi.
Italiya so‘nggi marta 2018 yilning sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan edi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi