SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston sport delegaciyasini Tokio Olimpiadasiga kuzatish marosimi o'tkazildi (+FOTOGALEREYA)

19.07.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

Bir necha kundan so'ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 32-yozgi Olimpiya o'yinlari boshlanadi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni Olimpiadaga rasmiy ravishda kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Senat raisi Tanzila Narbaeva, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ rais Rustam SHoabdurahmonov, federaciyalar rahbarlari, murabbiy va sportchilar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida so'zga chiqqan Tanzila Narbaeva, Abdulla Aripov kabi hukumat vakillari sportchilarga omad tilashdi.  

O'z navbatida qilichbozimiz Zaynab Dayibekova sportchilar nomidan so'zga chiqdi va o'zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlash haqida gapirdi. 

Tadbir nihoyasiga etgach, delegaciyamiz vakillari charter reys orqali Tokio shahriga jo'nab ketishdi. 


Delegaciyamiz vakillarini kuzatish marosimidan olingan suratlarni tomosha qiling. 

Suratlar muallifi: Aziz To'xtamurodov




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: