
"Go'zal, betakror, latofatli": Sabina Altinbekovani yaqindan bilasizmi? (+FOTO)
Biz Nig'monxo'ja Nozimovning jiddiy ohangdagi iltimosini qabul qilib, UFC go'zaliga to'xtalishga qaror qildik. Demak, bugun Liana Jojua haqida gaplashamiz.

U 1995 yilning mart oyida Gruziyada, mamlakat poytaxti Tbilisi shahrida tug'ilgan.

Jojua bolalikdan sanatga jiddiy tarzda qiziqqan. U fortepianoni maromiga etkazib chala oladi. Balki, 16 yoshida amerikalik Jina Karanoning MMAdagi janglarini ko'rib, mazkur sport turiga qiziqish paydo bo'lmaganida, u hozir aktrisa yoki musiqa o'qituvchisi bo'lishi ham mumkin edi.

Liana ham oldingi sonda aytilgani kabi oktagondagi harakatlari emas, ko'proq tashqi ko'rinishi bilan mashhurroq.

MMAga muay-taydan kirib kelgan Jojua bugungacha 12 ta jang o'tkazishga ulgurdi va ulardan 8 tasida g'alabaga erishgan (4 mag'lubiyat).

Liana Grozniyning "Axmat" aralash yakkakurash klubi azosi hisoblanadi.

Rus fuqaroligini qabul qilgan sportchi janglarga Rossiya nomidan chiqadi.

Darvoqe, u Moskva Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. Kelajakda o'qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqchi. Gruzin go'zalining bo'lajak o'quvchilariga havas qilishni ham, achinishni ham bilmaysan kishi...





"Go'zal, betakror, latofatli": Sabina Altinbekovani yaqindan bilasizmi? (+FOTO)
Qahramonovda g'alaba, Nurmatovda esa... ACA 194 turnirining barcha natijalari bir sahifada