
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Eybar"nga qarshi o‘yinda (2:0) bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Gracenote Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi La liga doirasidagi gollari sonini 187taga yetkazdi va "Qirollik klubi" to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi. U Karlos Santilyanani ortda qoldirdi.
Benzemadan yuqoridagi o‘rinlarda Alfredo Di Stefano (216), Raul (228) va Krishtianu Ronaldu (311) joylashishgan.
Eslatib o‘tamiz, Benzema 2009 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib keladi.
Bir necha yakkakurashchimiz jang o'tkazgan Karate Combat Ligasi moliyaviy inqirozga uchradi