«Jenoa» Italiya chempionatining 21-turida «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Jamoa boshqaruviga Davide Ballardini kelganidan keyin genuyaliklar A Seriyaning 8 turida 17 ochko to‘pladi: 5 g‘alaba, 2 durang va bir mag‘lubiyat.
Bu vaqt oralig‘ida faqat «Yuventus» (18) «Jenoa»dan ko‘proq ochko to‘plagan. Shu bilan birga Eldor Shomurodov jamoasi mazkur 8 o‘yinda hammadan kam gol o‘tkazib yuborgan — 5 ta.
«Jenoa» 21-turdan keyin 24 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Ballardini kelguniga qadar «grifonlar» 19-pog‘onada edi.