"Barselona" hujumchisi Lionel Messi bitta milliy chempionatdagi gollar soni bo‘yicha braziliyalik futbol afsonasi Pelening rekordini takrorladi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchi Ispaniya La ligasining 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda (6:1) dublga erishdi va Ispaniya chempionatidagi gollari sonini 467taga yetkazdi. Pele esa "Santos" klubi safida Braziliya chempionati doirasida shuncha gol muallifiga aylandi.
Bundan tashqari, "Barselona" rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Messi kataloniyaliklar safida 700ta gol urgan (663tasi — rasmiy uchrashuvlarda, 37tasi — o‘rtoqlik o‘yinlarida).
Yevropaning top-5 milliy chempionatlaridagi rekordchilar quyidagi o‘yinchilar hisoblanadi:
Gerd Myuller (Germaniya) — 365;
Jimmi Grivz (Angliya) — 357;
Delio Onnis (Fransiya) — 299;
Silvio Piola (Italiya) — 274.
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi