"Milan" 21 mart, yakshanba kuni Italiya A seriyasining 28-turi doirasida "Fiorentina" klubi mehmoni bo‘lib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Rossoneri" joriy mavsumda safardagi o‘yinlarning 12tasida g‘alaba nashidasini tortdi. Bu orqali "Milan" 2004/05 va 2011/12 yilgi mavsumlardagi natijasini takrorladi.
Jamoa o‘z rekordini yangilashi uchun "Parma", "Lasio", "Yuventus", "Torino" yoki "Atalanta"ga qarshi kechadigan mehmondagi o‘yinlarning bittasida g‘alaba qozonishi talab etiladi.
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi