SportUz.Net
iks
ads

Mbappe Chempionlar ligasida hafta o‘yinchisi deb topildi

27.11.2025 22:12    


Rasmni yuklab olish

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasida hafta o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Qaymoqranglilar” futbolchisi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Olimpiakos” darvozasiga to‘rtta gol urdi (3:4).

Ovoz berishda ikkinchi o‘rinni “PSJ” yarimhimoyachisi Vitinya egalladi — u “Tottenxem” darvozasiga 3 ta gol urgan edi (5:3). Uchinchi o‘rinni “Marsel” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang egalladi — u “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi (2:1). To‘rtinchi o‘rin esa “Borussiya” hujumchisi Seru Girassiga nasib etdi (u “Vilyarreal”ga qarshi bahsda dubl qayd etgan).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: