
Myunxenning "Bavariya" jamoasi UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 4-turida "Pari Sen-Jermen" klubini 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi va shu tariqa 2025/2026 yilgi mavsum boshidagi g‘alabalar seriyasi bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
"Bavariya" joriy mavsum boshidan buyon barcha musobaqalarda ketma-ket 16-ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Transfermarkt statistika portali ma’lumotiga ko‘ra, bu natija Yevropaning top-5 ligalari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu davr mobaynida nemis jamoasi 57 ta gol urdi va 11 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
