SportUz.Net
iks
ads

ITF turnirida 97 va 102 yoshli faxriylar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi + FOTO

15.10.2025 09:42    


Rasmni yuklab olish

To'liq formatda davom etgan ushbu bahs tarixiy rekord sifatida qayd etildi.

Avstraliyalik Genri Yang va amerikalik Artur Lind ishtirokidagi xalqaro uchrashuv tarixda shu kungacha o'tkazilgan eng keksa yoshlilar bahsi sifatida rekord o'rnatdi. Ikkala tennischining umumiy yoshi bir kam 200 edi. 

102 yoshli Yang va 97 yashar Lind Xorvatiyaning Bol shahrida o'tkazilgan ITF World Championship turnirining "90+" toifasi 1/4 finalida o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv 6/1, 6/2 hisobida 97 yoshli otaxonning g'alabasi bilan yakunlandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: