SportUz.Net
iks
ads

Krishtianu Ronaldu «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovrini sohibiga aylandi

11.09.2025 06:48    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi sardori va Saudiyaning «Al-Nasr» klubi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi taqdirlash marosimida «Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi» sovriniga sazovor bo‘ldi.

Liga rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, 40 yoshli Krishtianu «butun bir davrni belgilab berdi va jahon futbolida o‘chmas iz qoldirdi». Futbolchi marosimda shaxsan ishtirok etmadi, ammo tashkilotchilar Ronaldu sovrin bilan turib nutq so‘zlagan videoni namoyish qildi.

Ronaldu — France Football tomonidan beriladigan eng nufuzli individual mukofot — «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi. Shuningdek, u futbol tarixi bo‘yicha eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi — 943 ta gol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: