“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tidjani Reynders klub muxlislari tomonidan avgust oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Niderlandiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan xavbek bu yozda “Milan”dan “Siti”ga ko‘chib o‘tdi va APLning 3 ta uchrashuvida 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.
Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, oyning eng yaxshi o‘yinchisi uchun ovoz berish jarayonida Reynders Erling Xoland va Jon Stounsni ortda qoldirdi. Ular mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallashdi.