Germaniyaning Transfermarkt portali 2021 yil mart holati bo‘yicha jahonning eng qimmat futbol ligalari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Angliya Premyer Ligasi dunyoning eng qimmat futbol ligasi nomini saqlab turibdi. APLda harakat qiluvchi futbolchilarning umumiy transfer qiymati 8,84 milliard yevroni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Italiya A Seriyasi (5,11) va Ispaniya La Ligasi (4,86 milliard yevro) bormoqda. E’tiborlisi, Angliyaning ikkinchi darajali ligasi — Chempionship reytingda Portugaliya chempionatini ortda qoldirib, 6-o‘ringa ko‘tarilgan.
Dunyoning eng qimmat o‘nta futbol ligasi:
1. APL (Angliya) — 8,84 milliard yevro
2. A Seriya (Italiya) — 5,11 mlrd
3. La Liga (Ispaniya) — 4,86 mlrd
4. Bundesliga (Germaniya) — 4,52 mlrd
5. Liga 1 (Fransiya) — 3,56 mlrd
6. Chempionship (Angliya) — 1,26 mlrd
7. Primera (Portugaliya) — 1,16 mlrd
8. Erediviziya (Niderlandiya) — 1,03 mlrd
9. RPL (Rossiya) — 966 mln
10. MLS (AQSH va Kanada) — 840 mln
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"