SportUz.Net
photo photo

Nega aynan Petr Yanga kelganda shunday bo'ldi? UFC'da uchta bir xil zarbali holat, biroq uch xil natija...

15.03.2021 15:34    


Rasmni yuklab olish

Kecha Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi va uning doirasidagi asosiy karddan o'rin olgan bahslarning birida Darren Styuard Erik Andresga qarshi jang qildi.

Qizig'i, jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Aniqrog'i, Darren raqibining qo'li va tizzasi kanvasga tegib turganiga qaramasdan, tizza bilan zarba yo'lladi va Erik nokdaun holatiga tushib qoldi. 


Yodingizda bo'lsa, bundan bir hafta oldin bo'lib o'tgan Yan - Sterling jangida ham shunday holat ro'y bergandi, o'shanda endilikda sobiq chempion Yan to'rtinchi raundda huddi shunday zarba yo'llab, raqibini nokuat qilgandi. Hakamlar esa jangni o'sha zahoti to'xtatib, Yanga texnik mag'lubiyat yozishgandi. Bu bahsda ham ko'pchilik shunday qaror bo'ladi, deb o'ylagan bir vaqtda hakamlar jang o'tkazilmagan deb elon qilishdi va tabiiyki, bahsda hech bir jangchi g'olib bo'lmadi. 



Bu holat bo'yicha Petr Yan ham o'z fikrni bildirib o'tdi.

"Bu jang ham Vegasda bo'ldi, bu turnirda ham men jang qilgan tashkilotchilari, hakamlar ishlashdi. Lekin negadir natija ikki xil. Mendagi holatda raqibimni qo'li erda ham emas edi, biroq menga mag'lubiyat yozildi va buning natijasida kamarimdan maxrum bo'ldim. Bu bahsda esa jang o'tkazilmagan deb elon qilindi", - deya fikr bildirdi Yan. 

Ko'pchilik jang chempionlik uchun bo'lgani deb shunday qaror qilindi deb aytishi ham mumkin. Biroq bundan ikki yil avval o'sha vaqtlarda yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons Entoni Smitga qarshi jang qilgan. O'shanda Jons avvalgi ikkita jangchi singari raqibiga taqiqlagan zarba yo'llab, Smitni nokdaun holatiga tushirgandi. Ammo, u erda Smit belgilagan besh daqiqani olgan va o'ziga kelishga erishgandi. SHundan so'ng bahs davom ettirilgandi. 



Uchta jang, uchta bir xil vaziyat, uchala bahs ham Vegasda bo'lgan, uchala bahs ham Nevada sport komissiyasi tomonidan o'tgan. Biroq uch xil natija. G'alati emasmi? 

Nima bo'lgan taqdirda ham UFC va Nevada sport komissiyasi Petr Yanga juda keskin chora ko'rgandek. Umid qilamiz, Yan va Sterling o'zaro revansh bahsida ishtirok etib, kim aslida kim ekanligini ko'rsatishadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: