SportUz.Net
photo photo

Ronaldu milliy chempionatlardagi 600-o‘yinida faoliyatidagi 57-het-trikni qayd etdi

15.03.2021 15:31    


Rasmni yuklab olish

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida «Kalyari»ga qarshi kechgan 14 mart kungi o‘yinda (3:1) maydonga tushdi va het-trik qayd etdi.

36 yoshli futbolchi oliy divizionlar doirasida 600-o‘yinini o‘tkazdi. Bu o‘yinlarda futbolchi 473 ta gol urishga erishdi.

Ronalduning chempionatlardagi statistikasi:

«Real» — 292 ta o‘yin, 311 ta gol;
«Manchester Yunayted» — 196 o‘yin, 84 gol;
«Yuventus» — 87 o‘yin, 75 gol;
«Sporting» — 25 o‘yin, 3 gol.

Shuningdek, portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 57-het-trikni qayd etdi. U «Manchester Yunayted»da bir marta, «Real»da 44 bor, «Yuventus»da uch marta va Portugaliya terma jamoasida 9 marta het-trik muallifiga aylandi.

Qayd etish joiz, Ronaldu «Kalyari»ga qarshi o‘yinda chap va o‘ng oyoq hamda bosh bilan gol urgan holda ideal het-trikni rasmiylashtirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: