Britaniyaning "FourFourTwo" nashri "Real" klubi tarixidagi eng yaxshi 50 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni hujumchi Alfredo Di Stefano egalladi. U 1953-1964 yillarda "Madrid" sharafini himoya qilgan.
Krishtianu Ronaldu esa ikkinchi pog‘onaga joylashtirilgan bo‘lsa, Zayniddin Zidan kuchli uchlikka kiritildi. Raul, Ferens Pushkash va Toni Kroos kabi o‘yinchilar top-10dan o‘rin oldi.
Luka Modrich, Serxio Ramos, Luish Figu, Ronaldo, Roberto Karlos va Karim Benzema kabi yulduzlar ikkinchi o‘ntalikka joylashtirildi.
Mendes o'zi shug'ullantirgan eng istedodli sportchi kimligini aytdi, bu Xabib emas!