Angliya Premyer Ligasining 3-turida doirasida “Manchester Siti” “Vest Hem”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand het-trik qayd etdi. Shu tariqa norvegiyalik futbolchi APLdagi het-triklari sonini 8 taga yetkazdi. Bu uchun Holandga 2 yil yetarli bo‘ldi.
Erling bu borada Terri Anri, Harri Keyn va Maykl Ouenga (8 tadan) yetib oldi. Faqatgina uch futbolchi — Serxio Aguero (12), Alan Shirer (11) va Robbi Fauler (9) undan oldinda.
“Manchester Siti” 2024/25 yilgi mavsumning dastlabki 3 o‘yinida 3 ta g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"