SportUz.Net

Karlos Alkaras, Novak Jokovich va Koko Gauff. So‘nggi bir yilda eng ko‘p daromad qilgan tennischilar

24.08.2024 06:36    


Rasmni yuklab olish

Forbes jurnali so‘nggi 12 oyda eng ko‘p daromad ko‘rgan tennischilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Parij—2024 Olimpiadasi kumush medali sohibi Karlos Alkaras yetakchi bo‘ldi. Ispaniyalik tennischining daromadi 42,3 million dollarni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni esa Parij—2024 Olimpiadasi chempioni Novak Jokovich egalladi. Kuchli uchlikni esa Koko Gauff yakunlab berdi.

Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Karlos Alkaras – $42,3 mln;

2. Novak Jokovich – $37,2 mln;

3. Koko Gauff – $27,1 mln;

4. Iga Shventek – $26,7 mln;

5. Yannik Sinner – $26,6 mln;

6. Rafael Nadal – $23,3 mln;

7. Daniil Medvedev – $20,3 mln;

8. Naomi Osaka – $14,6 mln;

9. Kasper Ruud – $13,9 mln;

10. Arina Sobolenko – $13,7 mln.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: