O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Ordabasi” klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev “Shaxtyor”ga (3:2) qarshi o‘yindagi dubli evaziga Qozog‘iston chempionati to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Sports.kz”.
Hozirda Yaxshiboyev hisobida 7 ta gol mavjud.
To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni 6 tadan golga ega Islom Chesnokov (“Tobol”) va Joau Paulo (“Qayrat”) egallab turibdi.
Valeriy Gromiko (“Qayrat”/“Kaysar”), Maksim Samorodov (“Aktobe”) va Idris Umayev (“Aktobe”) beshtadan gol urgan.
Jasur Yaxshiboyev 2022/2023 yilgi mavsumni Namanganning “Navbahor” klubida o‘tkazdi. Hujumchi 24 uchrashuvda maydonga tushdi va hisobiga 6 ta gol yozib qo‘ydi.
Transfermarkt portali futbolchini 500 ming yevroga baholamoqda.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi