Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) Yevropa chempionatining ramziy jamoasini tuzib chiqdi.
Ispaniya terma jamoasining 7 nafar a’zosi mazkur jamoaga kiritildi.
IFFHS versiyasiga ko‘ra Yevro-2024 ramziy jamoasi:
Darvozabon: Jordan Pikford (Angliya);
Himoyachilar: Mark Kukurelya (Ispaniya), Jon Stounz (Angliya), Vilyam Saliba (Fransiya), Daniel Karvaxal (Ispaniya);
Yarim himoyachilar: Fabian Ruis, Dani Olmo, Rodri (barchasi– Ispaniya);
Hujumchilar: Niko Uilyams (Ispaniya), Kodi Gakpo (Niderlandiya), Lamin Yamal (Ispaniya).
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"