SportUz.Net
photo photo

Xoland yubiley marrani Messi, Mbappe va Ronalduga nisbatan tezroq zabt etdi

07.03.2021 10:30    


Rasmni yuklab olish

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yinda ikkita gol muallifiga aylandi.

20 yoshli futbolchining faoliyatidagi gollari soni 100taga yetdi. Buning uchun unga 146ta o‘yinga kerak bo‘ldi, xolos. Boshqa top-futbolchilar mazkur marrani zabt etish uchun bundan ko‘proq bahs kerak bo‘lgan edi.

Jumladan, «PSJ» forvardi Kilian Mbappe "yuzlik dovon"ni 180ta o‘yinda, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 210ta bahsda, Zlatan Ibrahimovich esa 245ta uchrashuvda zabt etgan. Rasmiy o‘yinlardagi gollari soni bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblangan Krishtianu Ronalduga dastlabki 100ta to‘pni kiritish uchun 301ta o‘yin kerak bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xoland faoliyati davomida Norvegiyaning «Bryune» va «Molde», Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klublari sharafini himoya qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: