SportUz.Net

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov bir pogona pastladi

02.05.2024 21:31    


Rasmni yuklab olish

Jahon shaxmat federasiyasi aprel oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi reytingda 4-o‘rinni egallagan edi. Javohir Sindorov reytingda avvalgi oy kabi 50-o‘rinda qayd etildi. Fevral oyida e’lon qilingan reytingda u reytingda 36-o‘rinda qayd etilgan edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (48-o‘rin) hamda Nodirbek Yakubboyev (72-o‘rin) o‘rin olgan.

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. U aprel oyida oltinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov “Tepe Sigeman 2024” musobaqasida ishtirok etmoqda. Hozirda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi 5 turdan 2.5 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘rinda bormoqda.

U bugun, 2 may sanasida musobaqaning 6-tur doirasida Germaniyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Vinsent Keymerga qarshi dona suradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: