6 mart, shanba kuni Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda myunxenliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Mezbonlar hujumchisi Robert Levandovski mazkur o‘yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Polshalik futbolchi Bundesligadagi o‘z "xet-trik"lari sonini 12taga yetkazib oldi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Klaus Fisher va Mario Gomes bilan tenglashgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Germaniya chempionatidagi "xet-trik"lar soni bo‘yicha «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Gerd Myuller mutlaq rekordchi hisoblanadi — 32.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi