SportUz.Net

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda, Bektemir Meliqo‘ziyev esa bir pog‘ona ko‘tarildi

04.03.2024 17:31    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi 1-o‘rinni egalladi. Umumiy esa 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.

Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) — 2-o‘rin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — 1-o‘rin;

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — 1-o‘rin;

Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 7-o‘rin (avvalgi reytingda 8-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 1-o‘rin;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 5-o‘rin (avvalgi reytingda 6-o‘rinda edi).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: