SportUz.Net

Dimarko joriy mavsumda «gol+pas» bo‘yicha top-5 chempionatlardagi eng yaxshi himoyachilar to‘rtligiga kirdi

29.02.2024 09:31    


Rasmni yuklab olish

"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko «gol+pas» tizimi bo‘yicha top-5 chempionatlardagi eng yaxshi himoyachilar to‘rtligiga kirdi.

26 yoshli futbolchi Italiya A seriyasining 21-turidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (4:0) o‘z hisobiga bitta gol yozdi. Endi uning hisobida 4 gol va 6 assist bor.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropadagi himoyachilar orasida Aleks Grimaldo («Bayer», 8+9), Jeremi Frimpong («Bayer», 7+6) va Kiran Trippyer («Nyukasl», 1+10) yetakchilik qilishmoqda. Bu haqda "Opta" xabar tarqatdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: