SportUz.Net

Ronaldu – 2023 yilda eng ko‘p daromad topgan sportchi. Messi, Lebron va Mbappe – kuchli beshlikda

09.02.2024 08:00    


Rasmni yuklab olish

"Sportico" jurnali 2023 yilda eng ko‘p daromad topgan 100 nafar sportchi reytingini tuzib chiqdi. "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi pog‘onani egalladi.

Portugaliyalik futbolchining o‘tgan yilgi daromadi 275 mln dollarga baholandi. Shundan 215 million dollarini Ronaldu futbol orqali topgan bo‘lsa, 60 million dollariga homiylik shartnomalari orqali erishgan.

Futbolchilar Lionel Messi va Kilian Mbappe reytingda kuchli beshlikka kirishdi.

Top-10 reyting quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 mln (215+60)

2. Jon Ram (golf) – 203 mln (181+22)

3. Lionel Messi (futbol) – 130 mln (65+65)

4. Lebron Jeyms (basketbol) – 125,7 mln (45,7+80)

5. Kilian Mbappe (futbol) – 125 mln (100+25)

6. Neymar (futbol) – 121 mln (86+35)

7. Stefen Karri (basketbol) – 98,9 mln (48,9+50)

8. Yannis Adetokumbo (basketbol) – 88,4 mln (43,4+45)

9. Kevin Dyurent (basketbol) – 86,9 mln (44,9+42)

10. Patrik Maxoums (amerikanskiy futbol) – 84,3 mln (59,3+25)

Top-100ga eng ko‘p kirgan soha vakillari basketbolchilar bo‘ldi (40 nafar). Keyingi o‘rinlarni futbolchilar (16), beysbolchilar (13), Amerika futbolchilari (11), golfchilar (10), bokschilar (6), poygasi va tennischilar (2 nafardan) band etishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: