Britaniyaning "FourFourTwo" nashri o‘z klubi safida birorta ham sovrinni qo‘lga kiritmagan futbolchilar reytingi tuzdi.
Germaniya terma jamoasi bilan JCH-1990 va Yevro-1996da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Tomas Xessler reytingning yuqori pog‘onasini qo‘lga kiritgan. Ammo «Yuventus», «Roma», «Borussiya Dortmund» va boshqa klublarda faoliyat yuritgan futbolchi klub doirasida sovringa ega chiqmagan.
Klub safida sovrin qo‘lga kiritmagan futbolchilar reytingi (top-10):
1. Tomas Xessler («Yuventus», «Roma», «Borussiya»).
2. Antonio Di Natale («Udineze»).
3. Sokrates («Korintians», «Fiorentina», «Santos»).
4. Juzeppe Sinyori («Lasio», «Bolonya»).
5. Yildiray Boshturk («Bayer», «Shtutgart»).
6. Mett Le Tissye («Sautgempton»).
7. Xulen Gerrero («Atletik»).
8. Sten Kollimor («Liverpul», «Aston Villa»).
9. Bernd Shnayder («Bayer»).
10. Jonni Xeyns («Fulxem»).
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi