SportUz.Net

Nunyes «Liverpul» - «Chelsi» o‘yinida darvoza to‘sin va ustunlarini 4 marta nishonga oldi (video)

01.02.2024 09:31    


Rasmni yuklab olish

«Liverpul» hujumchisi Darvin Nunyes Angliya chempionatining 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (4:1) gol urish borasida omadsizlikka uchradi.

Urugvaylik futbolchi tomonidan yo‘llangan zarbalar natijasida to‘p raqib darvozasi to‘sin va ustunlariga naq 4 marta tegdi. Hatto penalti zarbasidan keyin ham to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ushbu statistika yuritila boshlangan mavsum-2003/04dan berib APLning bir o‘yinida bir futbolchi to‘sin va ustunlarni 4 marta nishonga olgan holat ilk marta yuz berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: