“Tottenhem” futbolchisi Son Hyon Min Osiyoda 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Janubiy Koreyalik futbolchi Osiyo futbol jurnalistlari va ekspertlar ovoziga ko‘ra (22,9% ovoz) yetakchiga aylandi. Son ketma-ket 7 marta, umumiy hisobda 9 marta ushbu sovringa ega chiqmoqda.
So‘rovnomada ikkinchi o‘rinni Kim Min Chje (“Napoli”/“Bavariya”, Janubiy Koreya) egalladi — 19,54% ovoz. Uchinchi o‘rindan esa Krishtianu Ronaldu (“An-Nassr”, Portugaliya) joy oldi. Portugaliyalik futbolchi 17,06% ovoz to‘plagan.
Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrin uchun Osiyo futbol konfederasiyasi tarkibiga kiruvchi mamlakatlar vakili yoki OFK tasnifiga kiruvchi klublarda to‘p suradigan futbolchilar da’vogarlik qilishi mumkin.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi