SportUz.Net

Tailandlik paralimpiyachi to'yi kuni kelin va yana uch kishini o'ldirdi

30.11.2023 14:34    


Rasmni yuklab olish

Tailandlik paralimpiyachi-suzuvchi CHaturong Suksuk to'y paytida o'z kelini va yana uch kishini otib o'ldirdi.

BBC xabar berishicha, 29 yoshli sportchi voqea sodir bo'lishidan biroz oldin marosimni qattiq mast holatda tark etgan. Keyin u qurol bilan qaytib kelib, o'z joniga qasd qilishdan oldin kelin, uning onasi, singlisi hamda mehmonlardan birini o'ldirgan. Biroq, buning sababi nomalumligicha qolmoqda.

Suksuk sobiq harbiy xizmatchi. Qayd etilishicha, u o'tgan yili qonuniy yo'l bilan qurol va o'q-dorilarni sotib olgan.

Tailand OAVlari to'y chog'ida er-xotin janjallashgani haqida xabar berdi. SHuningdek, CHaturong 44 yoshli kelini bilan yosh farqi tufayli o'zini yaxshi his qilmagani xabar qilingan.

CHaturong engil piyodalar bo'linmasida harbiy xizmat oyog'ini yo'qotgan. 2022 yilda u Indoneziyadagi ASEAN Paralimpiadasida kumush medal sohibiga aylangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: