«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Verona»ga qarshi o‘yinda (1:1) bitta gol urdi.
Mazkur gol portugaliyalik futbolchi uchun A seriya doirasida 71-gol bo‘ldi va u "Yuve"ning XXI asrdagi to‘purarlar ro‘yxatida kuchli uchlikka kirdi.
Ronaldu bu borada 70ta gol muallifiga aylangan Paulo Dibalani ortda qoldirdi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Alessandro Del Pyero yetakchi hisoblanadi – 188 gol. Ikkinchi pog‘onada esa David Trezege joylashgan (123).
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"