SportUz.Net
photo photo

«Oltin bolalar»: 18 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli o‘yinchilar

20.10.2023 00:00    


Rasmni yuklab olish

Ko‘pgina klublarda o‘zini tanitishni boshlagan yosh futbolchilar bor. Ehtimol, ular potensial yulduzlardir, shuning uchun ularga doimo qiziqish ortib boraveradi. Yosh futbolchilar uchun kurashda doimo yuqori raqobat mavjud bo‘lib, bu ularning rivojlanishini kuzatishni yanada qiziqarli qiladi. Keling, 18 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli futbolchilarni ko‘rib chiqamiz.

Riko Lyuis («Manchester Siti», 18 yoshda)

Lyuis «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisidir. Riko o‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdi, APLda 14 o‘yin o‘tkazdi. Qolaversa, Chempionlar Ligasida ham ishtirok etdi, u yerda hatto «Sevilya»ga qarshi o‘yinda gol urdi. «Shaharliklar» tarbiyalanuvchisini yangi, uzoq muddatli shartnoma bilan taqdirladilar. Joriy mavsumda Lyuis hozircha kam o‘ynamoqda. Riko himoyaning o‘ng qanotida jiddiy raqibga ega - Kayl Uoker, ammo yosh ingliz allaqachon unga ishonish mumkinligini ko‘rsatdi.

Matis Tel («Bavariya», 18)

U 2022 yilning yozida «Renn»dan «Bavariya»ga o‘tgandi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil qildi. Myunxenliklar yosh forvardga ishonishdi va u o‘z navbatida raqobatdan qo‘rqmadi. O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi maydonda har bir uchrashuvda bor-yo‘g‘i 18 daqiqa o‘tkazgan bo‘lsa-da, Bundesliganing 22 o‘yinida 5ta gol urgan. Joriy mavsumda ham Matis ko‘p vaqt olmaydi, bu uning yoshi va Xarri Keyn jamoaga kelgani hisobiga. Ammo Tel o‘z imkoniyatlaridan foydalanishda davom etmoqda. U Bundesligada 5ta o‘yinda 3ta gol va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uorren Zair-Emeri («PSJ», 17)

Bundan bir necha yil oldin unchalik taniqli bo‘lmagan yigitlar «PSJ»da o‘ynashi mumkinligini tasavvur qilish qiyin edi. Kristof Galtye o‘tgan mavsum boshlanishidan oldin hamon yoshlar jamoasida bo‘lgan iqtidorli yarim himoyachi Zair-Emerini tarbiyalashdan qo‘rqmadi. Oxirgi Liga 1da fransiyalik futbolchi 26ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan. «PSJ»ning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchining istiqboliga yuqori baho beradi.

Lamin Yamal («Barselona», 16)

Yamal mavsum boshida eng ko‘p gapirilgan yosh futbolchilardan biriga aylandi. Yosh vinger nafaqat «Barselona»da yorqin debyut qildi, balki bir qancha rekordlarni ham o‘rnatdi. Joriy mavsumda u La Liganing 7ta o‘yinida hozircha atigi 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faoliyati yaxshilanishi ehtimoli bor. Ko‘pchilik mutaxassislar, jumladan Xavi ham yigitning katta salohiyatini e’tirof etishmoqda.

Endrik («Palmeyras», 17)

«Real» «Palmeyras»dan Endrik transferini oldindan belgilab qo‘ygan. Bitim summasi 37 million yevroni tashkil etdi. Braziliyaliklar yana 25 million bonus olishlari mumkin. Yosh hujumchi kelasi yozda 18 yoshga to‘lganda «Blankos» safiga o‘tadi. Joriy mavsumda Endrik Braziliya «A» seriyasida 18ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi. Hammasi braziliyalikning «qirollik klubi» tizimida o‘zini qanday ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi.

Yussufa Mukoko («Borussiya» D., 18)

Mukoko 18 yoshidayoq Dortmundning «Borussiya» klubining asosiy jamoasida 4-mavsumini o‘tkazmoqda. Va shu davr mobaynida o‘zidan yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Birinchi mavsumida Bundesligada 3ta gol urdi. O‘tgan kampaniyada o‘z hisobiga 7ta gol yozdirdi. Mukoko hali ham ko‘p o‘yin vaqtiga ega emas, lekin berilgan imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Shu bilan birga, «qovoqarilar», mish-mishlarga ko‘ra, joriy mavsumda Bundesligada gol urmagan futbolchidan unchalik mamnun emas. Forvardga «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Liverpul» qiziqmoqda, shuning uchun «Borussiya» xohlasa, tarbiyalanuvchisi ortidan mo‘may daromad olishi mumkin.

Evan Fergyuson («Brayton», 18)

Fergyuson 2021 yildan beri «Brayton» tizimida. Ammo u haqida nisbatan yaqinda, «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda xet-trikdan so‘ng gapirala boshlandi. Garchi o‘tgan mavsumda ham yosh hujumchi yaxshi o‘ynadi. Premyer-liganing 19 uchrashuvida 6ta gol va 2ta assist qayd etgan. Endi irlandiyalik vunderkind mashhurroq sanaladi. Yozda «Manchester Yunayted» futbolchini sotib olmoqchi edi, biroq «chag‘alaylar» 50 million funtlik taklifni oz, deb hisoblashdi.

Vitor Roke («Atletiko Paranayense», 18)

Kataloniyaliklar yosh forvardni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, biroq uni bir muddat hozirgi jamoasida qoldirishdi. Bitim summasi bonuslarni hisobga olmaganda 40 million yevroni tashkil etdi. Avvaliga Roke kelasi yozda jamoaga o‘tishi haqida xabar berilgandi. Oxirgilariga ko‘ra esa, braziliyalik futbolchi yanvar oyidayoq La Ligada ishtirok etishi mumkin. Braziliya «A» seriyasining joriy mavsumida Roke jarohatigacha 22ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: