SportUz.Net
photo photo

APLning eng yaxshi stadionlari reytingi tuzildi: «Tottenxem»niki eng yaxshisi, «Old Trafford» – 3-o‘rinda

18.10.2023 15:31    


Rasmni yuklab olish

"The Athletic" nashri Angliya premyer-ligasi klublarining uy stadionlari reytingini tuzib chiqdi. «Tottenxem»ga tegishli arena APLdagi eng yaxshi stadion deb tan olindi.

Stadionlarni baholashda 4 ta tamoyilga e’tibor qaratildi.

1) Stadionda turib uchrashuvni tomosha qilish, muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar umumiy baholarning 40 foizini tashkil qildi.

2) Uchrashuvdagi muhit uchun 20 foiz ball berildi.

3) Stadionga jamoat transportida kelib ketish va arenaning joylashuv nuqtasi uchun 20 foiz baho berildi.

4) Stadionning go‘zalligi, uning tarixi va boshqa qiymatlar uchun 15 foizgacha ball berildi.

Yuqorida aytganimizdek, «Tottenxem Xotspur Stedium» eng yuqori ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni «Nyukasl», uchinchi pog‘onani esa «Old Trafford» egalladi.

"The Athletic" versiyasi bo‘yicha APLning eng yaxshi stadionlari:

1. «Tottenxem Xotspur Stedium» («Tottenxem»);
2. «Sent-Jeyms Park» («Nyukasl»);
3. «Old Trafford» («Manchester Yunayted»);
4. «Emireyts» («Arsenal»);
5. «Enfild» («Liverpul»);
6. «Moline Stedium» («Vulverxempton»);
7. «Villa Park» («Aston Villa»);
8. «Brentford Kommyuniti» («Brentford»);
9. «Stemford Brij» («Chelsi»);
10. Olimpiya stadioni («Vest Xem»);
11. «Etixad Stedium» («Manchester Siti»);
12. «Siti Graund» («Nottingem Forest»);
13. «Bremoll Leyn» («Sheffild Yunayted»);
14. «Gudison Park» («Everton»);
15. «Kreyven Kottedj» («Fulxem»);
16. «Falmer Stedium» («Brayton»);
17. «Turf Muur» («Bernli»);
18. «Selfxerst Park» («Kristal Pelas»);
19.  «Kenilvort Roud» («Luton»);
20. «Din Kort» («Bornmut»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: