SportUz.Net

Goal nashri Yevropa klublarining yozgi transferini baholadi: «PSJ» yetakchi, «Chelsi» eng past baho oldi

05.09.2023 07:00    


Rasmni yuklab olish

Nufuzli Goal.com nashri Yevropa klublarining yozgi transferini baholab chiqdi.

Eng yuqori baho "Pari Sen-Jermen"ning transfer siyosatiga qo‘yildi — "5 plyus". "Milan"ga 5 baho qo‘yilgan bo‘lsa, "Liverpul" undan sal pastroq baho oldi "besh minus".

"Manchester Siti" va "Barselona" amalga oshirgan transfer "4 plyus"ga baholandi. "Real" esa "3 plyus" baho bilan 9-o‘rinda qayd etildi.

Top-15 klublar orasida eng past ball «Chelsi»ga berildi – «2 minus».

Top-15 quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

1. «PSJ» – «5+»;
2. «Milan» – «5»;
3. «Liverpul» – «5-»;
4. «Manchester Siti» – «4+»;
5. «Barselona» – «4+»;
6. «Bavariya» – «4»;
7. «Arsenal» – «4-»;
8. «Napoli» – «4-»;
9. «Real» – «3+»;
10. «Inter» – «3+»;
11. «Borussiya» Dortmund – «3»;
12. «Manchester Yunayted» – «3-»;
13. «Atletiko» – «2+»;
14. «Yuventus» – «2»;
15. «Chelsi» – «2-».



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: