SportUz.Net
photo photo

Nima uchun "Uimbldon"da yomg'ir ostida o'ynab bo'lmaydi? Axir futbol o'ynaladi-ku!

06.07.2023 18:34    


Rasmni yuklab olish

"Uimbldon"da yomg'ir ko'plab o'yinlarning o'tkazilishiga halal beradi.

Bu yil ham shunday. "Uimbldon-2023" turnirida bazi tennischilar uchinchi davraga yo'l olishdi. Ayrimlari esa hatto birinchi davra o'yinini o'tkazishga ham ulgurishmadi. Barchasi seshanba va chorshanba kuni yoqqan yomg'ir sababli. 

SHu sababli savol tug'iladi: nima uchun yomg'ir ostida tennis o'ynab bo'lmaydi, axir xuddi shunday chimda futbol o'ynashadi-ku? 

Birinchidan, yomg'ir sabab chim sirpanchiq holatga kelib qoladi, nafaqat yomg'ir vaqtida, balki yomg'irdan keyin ham. Bunga sabab - yuqori bosim. SHuning uchun masalan Novak Jokovichning Markaziy kortdagi ilk o'yinida muammo yuzaga keldi - yopiq kortda namlik oshib ketdi va chim tennis o'ynash uchun yaroqsiz holga keldi. Uni katta fenlar bilan quritishdi va sochiqlar bilan artishdi. Yakunda qanchalik g'alati ko'rinmasin, vaziyat yaxshilandi: Faqatgina kort tomi ochilib, namlik yuqoriga chiqib ketganidan so'ng. 

Lekin futbol chimi ham yomg'irdan so'ng shunday sirpanchiq bo'lib qoladiku? SHunday. Lekin futbolchilarning butsalari ostida uzun tishlar bor. Tennischilarning oyoq kiyimlari esa rezinka materialdan iborat bo'ladi. Bu esa yomg'ir paytida o'yin o'tkazishga halal beradi. Tennischilarda tezkor harakatlar, to'xtalish va boshlang'ich yuqori tezlik ko'p bo'ladi. Bundan tashqari, chimli qoplamali kortlarda tennischilar quruq chimda ham dastlabki kunlari ko'p sirpanib ketishadi. CHunki o'sha pallada ham chimda biroz namlik bo'ladi. 

Unaqada nima uchun tennischilarga ham futbolchilar kabi oyoq kiyimlardan foydalanishga ruxsat yo'q? Bu erda maydonga bo'ladigan yuklamani ham hisobga olish lozim. Futbol maydonlarida o'rtacha uch kunda 90 daqiqalik o'yin bo'ladi. "Uimbldon"da esa markaziy kortlarda o'rtacha uchta o'yin bo'ladi, qolgan kortlarda esa to'rttadan, bazida beshtadan o'yin bo'ladi. 

Futbol o'yinlarida maydonlarni qayta tiklashga vaqt bo'ladi. Tennisda esa buning uchun faqatgina bir kun bo'ladi. SHuning uchun tennischilarning oyoq kiyimi yupqaroq bo'lishi lozim. O'z navbatida, bunday oyoq kiyimlarda yomg'ir ostida o'ynash mumkin emas.

Boshqa qoplamali kortlarda yomg'ir ostida o'yinlar o'tkazilgan holatlar bo'lgan. Xard kortda engil yomg'ir ostida o'yin o'tkazish mumkin. Tuproqli kortlarda ham o'ynash mumkin. Lekin bu ham o'yinchilar uchun xavf solib turadi. 

sports.ru sayti asosida tayyorlandi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: