SportUz.Net

Jahonning ayni paytdagi eng kuchli 25 futbolchisi e’lon qilindi: Ronaldu ro‘yxatga kiritilmadi

06.07.2023 10:31    


Rasmni yuklab olish

Goal nashri jahonnning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ro‘yxat tuzishda futbolchining uzoq vaqt oralig‘ida yuqori saviyada barqaror o‘yin ko‘rsatishi inobatga olingan.

25 kishilik ro‘yxatga Krishtianu Ronaldu kiritilmadi. Nashr bunday ro‘yxatni har yili tuzishni rejalashtirgan.

Darvozabonlar: Alison («Liverpul»), Tibo Kurtua («Real»), Ederson («Manchester Siti»), Mayk Menyan («Milan»).

Himoyachilar: Ruben Diash («Manchester Siti»), Ashraf  Hakimiy («PSJ»), Markinyos («PSJ»), Virdjil van Deyk («Liverpul»).

Yarim himoyachilar: Kazemiro («Manchester Yunayted»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Ilkay Gyundogan («Barselona»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Toni Kroos («Real»), Luka Modrich («Real»), Pedri («Barselona»), Rodri («Manchester Siti»), Bernardu Silva («Manchester Siti»).

Hujumchilar: Karim Benzema («Al-Ittihod»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Robert Levandovski («Barselona»), Kilian Mbappe («PSJ»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Vinisius Junior («Real»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: