SportUz.Net
photo photo

Krishtianu Ronalduga Ginnessning rekordlari kitobi guvohnomasi topshirildi

21.06.2023 14:31    


Rasmni yuklab olish

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z terma jamoasi safida 200-o‘yinni o‘tkazdi. Islandiyaga qarshi Yevro-2024 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda 38 yoshli futbolchi tomonidan urilgan yagona gol Portugaliyaga g‘alaba keltirdi.

Shu paytgacha, hech bir futbolchi o‘z terma jamoasi safida ikki yuzta o‘yin o‘tkazmagandi. Ginnessning rekordlari kitobi vakillari kechagi o‘yin arafasida Ronalduga rekord natija qayd etgani haqidagi guvohnomani topshirishdi.

Bu borada Krishtianuga eng yaqin natija qayd etgan futbolchi kuvaytlik Badir al-Mutava bo‘lib, u terma jamoa tarkibida 196 ta o‘yinda qatnashgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: