Yaqinda mazkur klubni Van Xuntao ismli biznesmen xarid qildi. Ishbilarmon bu orqali o'z o'g'lining futbol bilan professional tarzda shug'ullanishini taminlamoqchi. Yani u klub murabbiyiga har o'yinda farzandi Xe SHihuani 10-raqam ostida maydonga tushirishni majburiy qilib qo'ydi. Jamoa ishlab olgan penalti, jarima va burchak zarbalarini ham "kichkina xo'jayin" tepadi. Eng qizig'i, 35 yoshli "futbolchi"ning og'irligi 126 kg ekani aytilmoqda.
Malumot uchun, "Czibo Candey" ortda qolgan 5 turdan keyin 1 ochko jamg'argan va musobaqaning asosiy autsayderi bo'lib turibdi.