Ushbu xabar rost bo'lib chiqdi. Bugun OFK SHarq mintaqasining "H" va "I" guruhi bellashuvlari O'zbekistonda o'tkazilishini malum qildi. Bu o'yinlar 25 iyun - 11 iyul oralig'ida bo'lib o'tadi.
OCHL pley-off bosqichi doirasidagi 23 iyun kuni "Tegu" (J.Koreya) - "CHiangray Yunayted" (Tailand) uchrashuvi ham O'zbekistonda o'tadi. Ushbu o'yin g'olibi "I" guruhidan o'rin oladi.
Sal keyinroq o'yinlar qaysi stadionda o'tkazilishi elon qilinadi deb yozilgan xabarda. Eslatib o'tamiz, SHarq mintaqasida ham 20ta jamoa to'rttadan 5 guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi.
Beshta guruhdan uchtasiga Tailand mezbonlik qiladi. Demak, yana ikkita guruh bahslari bizda tashkil etiladi.
"H" guruhi: "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya), "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Tampines Rovers" (Singapur), "Sidney FK" (Avstraliya).
"I" guruhi: "Kavasake Frontale" (Yaponiya), "Beyjing Goan" (Xitoy), "Yunayted Siti" (Filippin), pley-off g'olibi.