Eshitishimizga qaraganda, Rashidov O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi bilan shartnoma tuzadi. Bugun yarim himoyachi "SHerlar" mashg'ulotida ham ishtirok etgan.
Hamyurtimizning so'nggi klubi "Qatar SK" klubi bo'lgandi va Sardor sentyabr oyidan buyon erkin agent maqomida edi. Agar Rashidov "Paxtakor" bilan shartnoma tuzsa Toshkentning uchta klubida ("Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor") o'ynagan kam sonli futbolchilardan biriga aylanadi.
28 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)