SportUz.Net

A Seriya. "Napoli" muddatidan ilgari chempionlikni qo'lga kiritdi!

05.05.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

Italiya A Seriyasining 33-turidan o'rin olgan "Udineze" - "Napoli" uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.

Neapolliklar chempionatning 33-turi doirasida "Udineze" mehmoni bo'lib, bir ochko qo'lga kiritdi. SHunga qaramay, durang natija ham klubning 33 yillik tanaffusdan so'ng muddatidan avval chempion bo'lishini taminladi. Ayni damda "Napoli" ikkinchi o'rindagi "Lacio"dan 16 ochko oldinda bormoqda. A Seriyaning yakunlanishiga esa besh tur qoldi. 

Udineze – Napoli 1:1

Gollar: 1:0 – 13 Lovrich, 1:1 – 52 Osimxen.

Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 82), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udodji (Zegelar, 74), Pereyra, Uolas, Lovrich (Arslan, 78), Samardjich (Toven, 82), Nestorovski.

Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min CHje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Elmaz, Kvaracxeliya (Losano, 86), Osimxen.

Ogohlantirishlar: Exizibue (17).

TURNIR JADVALI



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: