SportUz.Net

Menni Pakyao WBC reytingi peshqadami bo'lib oldi

11.08.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

Filippinlik 46 yoshli afsona yarimo'rta vazn toifasi WBC reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Ushbu yo'nalishda kamar sohibi Mario Barrios bo'lib turibdi. Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan Pakyao 20 iyul kuni Las-Vegasda aynan Barriosga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida hakamlar durang natija qayd etishgan edi. Bu esa etirozlarga sabab bo'lgandi. 

Malumot uchun, Menni Pakyao bundan roppa-rosa 30 yil avval, 1995 yilda professional boksda debyut qilgandi. 1998 yilning dekabr oyida o'ta engil vazn (50,8 kg) toifasida WBC chempioniga aylangandi. Bu uning prof boksdagi ilk kamari edi. Keyinchalik ikkinchi engil (55,3 kg), ikkinchi yarimengil (59 kg), engil (61,2 kg), yarimo'rta (66,7 kg) va birinchi o'rta vazn (69,9 kg) toifalarida ham jahon chempioni bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: