SportUz.Net
photo photo

"Navbahor" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

23.02.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

Bugun Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasida "Navbahor"ning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Unda klub vakillari bilan birga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov hamda viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Marosim avvalida monitorda "Navbahor" matbuot va media xizmatlari  tomonidan tayyorlangan, 2022 yilgi mavsumning eng yorqin lahzalari aks etgan videorolik namoyish etildi.

So'ngra Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqovga so'z berildi.

Viloyatimiz rahbari o'z so'zida o'tgan mavsum viloyatimiz futboli uchun samarali yil bo'lganligi, O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida tarixda ilk marta Namanganda 2 ta xalqaro turnir bo'lib o'tganligi, milliy terma jamoamiz o'sha musobaqalarda zafar quchib, jumladan, Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritganligi, o'zbek futbolining 110 yillik tantanalari viloyatimizda keng miqyosda nishonlanganligi, "Navbahor"ning asosiy tarkibi kumush medalni qo'lga kiritib, o'z tarixida ilk marta Osiyo CHempionlar Ligasiga yo'l olganligi, shuningdek, "Navbahor-Farm" Birinchi ligada zafar quchib, Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritganligi, bundan tashqari, "Navbahor"ning U-19, U-16 va U-13 jamoalari ham o'zi ishtirok etgan chempionatlarda chempion bo'lganligi, muhtaram Prezidentimiz Namanganga tashriflari chog'ida viloyatimiz futbolini alohida etirof etganliklari, shuningdek, viloyatimiz muxlislari borasida ham to'xtalib o'tganliklarini aytib, yangi mavsumda jamoamizga omad yor bo'lishini tiladi.

SHundan so'ng vice-chempionlik unvonini qo'lga kiritgan jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi, klub rahbariyati bilan birgalikda Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov hamda viloyatimiz sektor rahbarlariga kumush medallar topshirildi.

So'ngra jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan so'zga chiqib, yangi mavsumda shogirdlari bilan o'tgan yildagidan ko'ra yaxshiroq natijaga erishishlarini takidlab o'tdi. 

SHundan so'ng jamoa futbolchilariga yangi mavsumda o'ynaydigan raqamlari yozilgan futbolkalar topshirildi.

Unga ko'ra, yangi mavsumda darvozabonlar — O'tkir Yusupov - 1, Ozodbek Marupov - 41, Xurshid Xo'jaev - 46, maydonda to'p tepadigan futbolchilar — Milosh Milovich - 5, Ibrohim Yo'ldoshev - 6, Oston O'runov - 7, Jasur Yaxshiboev - 8, Farrux Ikromov - 9, Jamshid Iskanderov - 10, SHohruz Norxonov - 11, Jamshid Boltaboev - 14, Abrorbek Ismoilov - 17, Temurxo'ja Abduxoliqov - 21, Igor Golban - 22, Yovan Jokich - 23, Davronbek Hoshimov - 24, SHahboz Jo'rabekov - 27, Luka CHermel - 31, Mamadalixon Olimov - 33, SHerzodbek Abdulboriev - 34, Asadbek Sobirjonov - 77 va Davronbek Olimjonov - 98-raqam ostida jamoa sharafini himoya qiladigan bo'lishdi.

So'ngra jamoa sardori O'tkir Yusupov so'zga chiqib, yangi mavsumda muxlislar ishonchini oqlash, chempionlik unvonini qo'lga kiritishga harakat qilishlarini aytib o'tdi.

Marosim yakunida "Navbahor" futbolchilari muxlislarga dastxatlari tushirilgan to'plar sovg'a qilishdi.      

 "Navbahor" matbuot xizmati


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: