SportUz.Net
logo

Mirjalol Qosimov "Al Hilol" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

16.04.2021 05:50    


Rasmni yuklab olish

"Al Hilol" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum. Bugungi o'yin juda ham qiziqarli bo'ldi. Har ikki jamoa maydonga g'alaba uchun tushdi, shunga yarasha harakatlandi. Menimcha, bugungi futbol chetdan qaraganda ham tomoshabop bo'ldi. AGMK uchun bugungi bahs tarixiy bo'ldi. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida o'ynadi. "Al Hilol" bilan safarda o'ynash nafaqat biz uchun, balki istalgan jamoaga katta qiyinchilik tug'diradi. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz bu musobaqaga shunchaki kelmaganmiz. Kecha aytib o'tganimdek, guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng kimlar keyingi bosqichga chiqqani malum bo'ladi. Biz qo'limizdan kelganicha va imkon qadar har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga tushamiz hamda muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz".

- "Al Hilol" nafaqat Saudiyaning, balki Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Guruhda esa "Al Hilol"dan tashqari "SHabab Al Ahli" singari kuchli jamoalar yig'ilgan. SHundan kelib chiqib, jamoaning kelgusi o'yinlardagi tayyorgarligi qanday bo'ladi?

- Har 3 kunda o'yin o'tkaziladi. Hozirda eng kerakligisi bu futbolchilarning jismoniy holatini tiklab olish. Hozir muqaddas Ramazon oyi. SHu boisdan ham o'yinlar kechki vaqtga qo'yilgan. Lekin bu jihatlar bahona bo'lishi kerak emas. Ayni dam jamoaning jismoniy holatini o'yindan-o'yinga tezroq tiklab olish muhim. 


- "Al Hilol"ning kamchiliklari qay tariqa topdingiz va ularning kamchiligi haqida gapirib o'tsangiz. SHuningdek, jamoangizni ikkinchi bo'limga qanday tayyorladingiz?

- Oddiy. Jamoamiz OCHL guruh bosqichida ilk bor o'ynamoqda va ko'plab futbolchilar uchun mazkur musobaqa ilk nufuzli turnir. SHu boisdan ham ularda his-hayajon bo'lishi normal holat. Birinchi bo'limdagi dastlabki 20 daqiqa jamoa yomon harakat qilmadi. Tanaffusda futbolchilarga biz bu musobaqaga shunchaki kelmaganimizni takidladim. Birinchi navbatda futbolchilar o'z o'yinlaridan rohatlanishi va muxlislar uchun o'ynashi lozim. Birinchi taymga qaraganda ikkinchi bo'limda ancha erkin va xotirjam o'ynashdi hamda bu o'z natijasini berdi. Raqib kamchiliklari haqida gapirish esa meni odatimga zid. Men hech qachon raqib jamoaning muammo yoki kamchiliklari haqida ommaga gapirmaganman va qoidamga hozir ham amal qilaman. Tashqaridan turib gapirish oson.


- Bugun guruhda durang natijalari qayd etildi. Kelgusi o'yinlarda natijalar qanday bo'ladi, deb o'ylaysiz?

- Natija borasida ham hech qachon bashorat qilmaganman. Biz doim g'alaba uchun maydonga chiqamiz va Alloh bergani bo'ladi. Agarda natijalarni avvaldan bilganimda, bu erda o'tirmagan bo'lardim. Hammasini o'yinlar ko'rsatadi. Uchrashuvdan avval esa yaxshi niyat qilib, bo'lajak bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va chiroyli o'ynab, faqat g'alaba uchun intilamiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: