SportUz.Net
photo photo

Benzema Franciya va Argentina o'rtasidagi JCH finaliga kelishi mumkin. "Real" ruxsat berdi

15.12.2022 16:46    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Franciya ishtirokidagi JCH-2022 finalida ishtirok etish ehtimoli bor.

AS nashri yozishicha, Madrid klubi agar o'zi xohlasa, hujumchiga Qatarga borishga ruxsat bergan. Yakuniy qarorni qabul qilish Benzemaning o'ziga bog'liq, "Real" unga qarshilik qilmaydi. Agar Franciya g'alaba qozonsa, Karim ham jamoa bilan birga medal olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Benzema JCH-2022 boshlanishiga bir necha kun qolganida jarohat olgani bois turnirda ishtirok eta olmagandi. Dide Desham uning o'rniga o'yinchi chaqirmadi, shuning uchun hujumchi Franciya terma jamoasi qaydnomasida qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: