SportUz.Net

Franciya 4-marotaba JCH finaliga chiqdi

15.12.2022 10:00    


Rasmni yuklab olish

Qatardagi mundial yarim finalida Franciya TJ 2:0 hisobida Marokashni engib, hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldi.

Francuzlar o'z tarixida 4-marotaba finalda qatnashadi. Ular 2 bor chempionlikni (1998, 2018) qo'lga kiritgan va 2006 yil finalda Italiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan.

Bundan tashqari, “ko'klar” 1958 hamda 1986 yilgi musobaqalarda bronza medaliga ega chiqqan va 1982 yil 4-o'rin bilan cheklangan.

Avvalroq, Argentina TJ 6-marotaba mundial finaliga chiqqani haqida xabar bergandik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: