Xorvatiya penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, Braziliyani uyiga jo'natib yubordi. 37 yoshli Luka Modrich esa o'sha seriyada Alisson darvozasini ishg'ol qilganlardan biri bo'ldi.
Xorvatlar uchun o'yin maksimal ravishda qiyin kechdi – darvozabon Dominik Livakovich 9 ta seyv amalga oshirdi, qo'shimcha bo'limlarda esa u ham yordam berolmadi – Neymar ajoyib harakatlarini gol bilan yakunladi.
Biroq bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Bruno Petkovich hisobni tenglashtiri va masalani hal qilish penaltilar seriyasiga qoldi.
Bellashuvdan so'ng Modrich "Tvitter"da qisqa izoh bilan rasm qoldirdi. SHu "tvit"ning o'ziyoq Luka mentalitetini bilish uchun etarlidek:
Hech qachon. Taslim bo'lma.
Bu xorvatning o'ziga xos shioriga aylanib qolgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Real"ning "CHelsi"ga qarshi CHempionlar Ligasi-21/22dagi aqlbovar qilmas kambekidan keyin ham Luka deyarli shunaqa so'zlarni yozgandi:
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi