SportUz.Net
photo photo

"Barselona" de Yong maoshi pasayishiga rozi bo'lishini istamoqda

08.12.2022 20:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Frenki de Yongni maoshi pasayishiga rozi qilmoqchi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining yaqinlariga maoshining pasayishiga rozi bo'lishini iltimos qilishini aytishgan. Agarda xavbek bunga rad javobini bersa, "Barselona" katta extimol bilan uning o'rniga yozda boshqa futbolchi sotib oladi.

Klub ayni damd Frenki de Yongdan tashqari Jordi Alba hamda Mark-Andre ter-SHtegen bilan ham maoshini pasaytirish bobida muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda.

SHartnomaga ko'ra, kelasi mavsumda futbolchining maoshi biroz ko'tarilishi kerak. O'z navbatida futbolchining o'zi ham jamoadan ketishni istamayapti. SHu bois klub futbolchi bilan o'zi uchun qulay bo'lgan uzoq yillik shartnoma ham taklif qilishga tayyor.

Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi 13 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: