"Real" "Milan" hujumchisi Rafael Leauga qiziqishda davom etmoqda va uni uzoq muddat davomida Karim Benzemaning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda. Biroq Madrid klubi 23 yoshli portugaliyalikning transfer narxini juda qimmat deb hisoblayapti, deb xabar berdi Sport.es.
Manbaga ko'ra, hozir "Milan" Leauni 150 million evroga sotishga tayyor. Ammo portugaliyalikning "qizil-qoralar" bilan yangi shartnomasi bo'yicha tovon puli 200 million evroni tashkil qilishi mumkin. Madridning "Real" klubi bunday pulni to'lashga tayyor emas. Sababi Rafaelning "Milan" bilan kelishuvni uzaytirmasligiga va 2024 yilda Italiya jamoasini erkin agent sifatida tark etishiga umid qilmoqda. Bu holatda Madridning "Real" klubi portugaliyalik hujumchini tekinga qo'lga kiritishga harakat qiladi.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi