"Keyingi Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi, ammo biz hozircha u qanday formatda o'tishini hal qilmadik. Uchta variant mavjud – 4 ta jamoadan 12 ta guruh, 3 ta jamoadan 16 ta guruh va 24 ta jamoadan 2 ta guruh. Qaror FIFA Kengashining kelasi yilgi yig'ilishida qabul qilinadi", – dedi Venger ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
2026 yilgi Jahon chempionatiga uchta davlat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Jahon chempionatining final qismida tarixda ilk bor 48 ta jamoa qatnashadi.
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi